Lukaku “Inter”da qolmaydi. Unga Ispaniyadan taklif bor

  • 9 dekabr, 2022, 01:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Faoliyatini “Inter”da ijara asosida o‘tkazayotgan Romelu Lukakuni Italiya klubi sotib olishni rejalashtirmayapti. “Chelsi” ham futbolchini orqaga qaytarishni istamaydi, deya xabar bermoqda “Calciomercatoweb” nashri. 29 yoshli futbolchi ushbu mavsum “Inter” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 1 ta assist amalga oshirdi.

Manbaning ta’kidlashicha, belgiyalik hujumchini “Atletiko Madrid” sotib olishi mumkin. U Diego Simonening taktikasiga mos keladi va murabbiyning o‘zi ushbu transferni xohlaydi.

“Chelsi” esa bundan foydalanib qolmoqchi va transferga Joau Felishni qo‘shilishini istaydi. Vinger Madrid klubidan ketishi deyarli aniq bo‘lgan va u faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin ekanligi haqda xabarlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!