
Lukaku "Inter"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga etib keldi (video)
“Manchester Yunayted” klubi forvardi Romelu Lukaku “Inter”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda belgiyalik futbolchi yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kecha tunda Milanga etib kelgan. Uni 200 nafarga yaqin mahalliy muxlislar kutib olishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Inter” Lukaku uchun 77 mln evro to‘lashi, shulardan 12 millioni bonus hisobida bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar