Lukaku Turkiya Superligasiga yo‘l olishi mumkin

  • 03.04.2026 02:09
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku klubni tark etishi mumkin. Bu haqida Italiya matbuoti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, belgilaylik futbolchi klub rahbariyati bilan kelishmovchilikka uchragan. Shu sababli uning kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda. Lukakuga Turkiyaning "Fenerbahche" klubi qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedesko futbolchi bilan avval Belgiya terma jamoasida birga ishlagan.

Shu bilan birga, forvard hozircha qaror qabul qilishga shoshilmayapti. U vaziyat yomonlashmasa, Italiyada qolishni afzal ko‘rmoqda. Avvalroq neopolliklar rahbariyati futbolchini ruhsatsiz Belgiya’da mustaqil ravishda mashg‘ulot o‘tkazgani uchun asosiy tarkibdan chetlatish bilan tahdid qilgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 32 yoshli  hujumchi 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!