Lukakudan tamoman voz kechishdi

  • 5 dekabr, 2022, 10:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi”ning yangi murabbiyi Grem Potter ham kelajakda belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku bilan ishlamoqchi emas.

Aslida belgiyalik futbolchi 2021 yilning yozida avvalgi bosh murabbiy Tomas Tuxel talabi bilan olib kelingan edi. Lukaku “aristokratlar” tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi. Londonliklar uni olish uchun 97,5 million funt sarflagan.

Lukaku bir mavsum davomida o‘zini ko‘rsata olmaganidan keyin, o‘tgan yoz “Ienter” uni ijara asosida ortga qaytardi.

Romelu jahon chempionatida ham ishonchli o‘yin namoyish etolmadi. Xorvatiyaga qarshi bahsda u bir necha qulay vaziyatlarni barbod qildi va belgiyaliklar mundialni tark etdi.

“Chelsi” tajribali hujumchini butunlay sotib yubormoqchi. Lekin qimmatbaho hujumchiga xaridor topish oson bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!