Lukakuga Italiya klubi qiziqish bildirmoqda

  • 26 iyun, 2024, 12:39
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu yozda "Roma"dagi ijara muddati tugaydigan Romelu Lukakuning keyingi faoliyati hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. Ammo unga qiziqish bildirayotgan klublar yo‘q emas. 

Di Martsio xabar berishicha, belgiyalik hujumchi uchun "Milan" kurashga qo‘shildi. Klub uni sotib olish uchun dastlabki qadamlarni tashlagan. 

Lukakuning transfer huquqi hali ham "Chelsi"ga tegishli bo‘lib, "aristokratlar" endilikda uni ijaraga berish emas, balki sotish uchun harakat qilmoqda. 

Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida londonliklar 115 million evroga xarid qilgan Romeluning ayni paytdagi narxi 30 million evroga tushgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!