Lukakuni haqorat qilgan jurnalist ishdan haydaldi

  • 26 avgust, 2023, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyalik jurnalist "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuga nisbatan irqchilik munosabatida bo‘lgani uchun teleko‘rsatuvdan haydaldi.

“Inter” muxlisi, jurnalist va 2010 yildan buyon Qui Studio a Voi Stadio dasturi ishtirokchisi Luiji Furini ko‘rsatuvda "Chelsi" hujumchisini qora tanli (negr) deb atadi. U bu qilmishidan keyin kechirim so‘rashdan ham bosh tortdi. U bu so‘z odatda tez-tez qo‘llanilishini ta’kidladi va natijada u shoudan ketganini ta’qiqlangan”, - deb yozadi Football Italia.

Manbaning qayd etishicha, bundan tashqari ko‘rsatuv davomida italyan tilida kamsituvchi va xo‘rlovchi xarakterga ega bo‘lgan so‘z ishlatilgan.

"Irqchilik ma’noasidagi so‘zlar hazil emas (etimologiyasidan qat’i nazar). Xatolar va tushunmovchiliklar biz uchun qabul qilinishi mumkin emas va kechirim so‘rashning o‘zi ham etarli emas.

Hamkasbimiz Furini shunday jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganidan afsusdamiz. Shoshilinch chora ko‘rishimiz muqarrar”, — deb yozdi Telelombardia rahbari Fabio Ravezzani.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
shohrux
26/08/2023 10:09
Ту́грида Интерга хойинлик килди