Lukas Ernandes bu yilgi "Oltin to‘p" uchun birinchi raqamli nomzod kimligini aytdi

  • 28.08.2018 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" Madrid klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Lukas Ernandes 2018 yilgi "Oltin to‘p" sovrini uchun asosiy da’vogar kimligini aytdi.

"Antuan Grizmann "Oltin to‘p"ni olishi mumkinmi? Albatta, u ajoyib futbolchi va buni so‘nggi bir necha yillardan buyon isbotlab kelmoqda. 2-3 yil oldin u ushbu sovrinni yuta olmasdi, chunki Chempionlar ligasi va Evropa chempionati finallarida mag‘lub bo‘lgandi.  Klubi va terma jamoasi uchun uning bu yil amalga oshirgan ulkan xizmatlarini inobatga olganda, u "Oltin to‘p" uchun birinchi raqamli nomzod", - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Grizmann joriy yil UEFA Evropa ligasi, UEFA Superkubogi va Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!