Lukman "Atletiko"dagi ilk oʻyinidayoq ikki samarali harakat qayd etdi

  • 06.02.2026 09:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ademola Lukman "Atletiko" safidagi birinchi uchrashuvidayoq ikki samarali harakat amalga oshirdi.

Vinger transfer oynasining so‘nggi kunida "Atalanta"dan 35+5 million yevro evaziga xarid qilingan edi.

Bugun nigeriyalik futbolchi Ispaniya Kubogi doirasida "Betis"ga qarshi bahsda yangi jamoasi safida debut qildi. U 37-daqiqada gol urdi, 62-daqiqada esa Antuan Grizmanga golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, 30-daqiqada Juliano Simeone aniq zarba bilan yakunlagan hujumda ham Lukmanning uzatmasi hal qiluvchi bosqichlardan biri bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!