Lunin: "Real" Myunxenda vaziyatni oʻzgartira oladi"

  • 08.04.2026 12:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" darvozaboni Andrey Lunin "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finali javob bahsi oldidan jamoasi kambek qilishga qodir ekaniga ishonch bildirdi.

Madrid klubi ilk uchrashuvda "Santyago Bernabeu"da 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Shunga qaramay, ukrainalik posbon imkoniyatlar saqlanib qolayotganini ta’kidladi.

"Biz o‘tkazib yuborilgan gollarning oldini olishimiz mumkin edi, ammo jamoa yaxshi reaksiya qildi. Agar Noyer o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo‘lsa, demak biz ko‘p hujum qilganmiz.

Biz hali o‘yindamiz. Har doim vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkin. Javob uchrashuvi yanada qiyin bo‘ladi, ammo biz o‘zimizga ishonamiz. Bu — Chempionlar ligasi chorak finali. Baribir oson bo‘lmasligini bilardik.

Ma’lum bir paytda past blokda himoyalanishimizga to‘g‘ri kelishini ham bilgan edik. To‘p bizda bo‘lganda esa o‘yinni nazorat qilishni xohladik.

Endi asosiysi — gol urish va o‘tkazib yubormaslik. Qolganini javob o‘yinida ko‘ramiz, vaziyatni o‘zgartira olamizmi-yo‘qmi", — dedi Lunin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!