Lunin “Real”da qoladimi?

  • 21 avgust, 2024, 12:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin faoliyatini “Real Madrid”da qolib davom ettiradi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli darvozabon o‘yin amaliyoti miqdoridan norozi bo‘lishiga qaramay, madridliklar safida qolishga qaror qildi. Biroq, Lunin shartnomani uzaytirish borasida yakuniy qaror qabul qilmagan. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Andrey "Real" safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 tasida quruq o‘tkazgan. Ukrainalik futbolchining transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!