Lyuk Kempbell - Rayan Garsiya jangi qoldirildi

  • 11 noyabr, 2020, 17:26
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Engil vazn toifasida WBCning vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun Lyuk Kempbell va Rayan Garsiya o‘rtasidagi bahs 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgandi. Ammo Kempbellda COVID-19 aniqlangani sabab, jang qoldirildi.

E’tiborli jihati, Bektemir Meliqo‘ziev navbatdagi jangini aynan ushbu kechada o‘tkazishi kerak edi.

22 yoshli Rayan Garsiya (20-0 , 17KO) oxirgi jangida Fransisko Fonsekani (25-3, 19KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

London Olimpiadasi chempioni Lyuk Kempbell (20-3, 16KO) esa oxirgi marta WBC jahon chempionlik kamari uchun ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang olib borib, ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!