Madrid derbisida rekord qayd etildi

  • 13 dekabr, 2020, 01:39
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" sardori Serxio Ramos La Liga 13-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga (1:0) qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Ayni damda, uchrashuvning dastlabki bo‘limi davom etmoqda.

34 yoshli himoyachi 43-marotaba Madrid derbisida maydonga tushdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "qaymoqranglilar"ning futbolchilari orasida mutloq rekordchiga aylandi.

Manolo Sanchis va Fransisko Xento 42 martadan "Atletiko"ga qarshi bellashuvda qatnashgan. To‘rtinchi o‘rinni 35 ta derbidagi ishtirok bilan Karim Benzema egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!