Madrid klubi hujumchisi "Yuventus"ga o‘tishdan bosh tortdi

  • 5 yanvar, 2022, 13:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata qishda jamoani tark etib, "Barselona"ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. 

"Corriere dello Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, turinliklar bosh murabbiyi Massimliano Allegri ispaniyalik forvard ketgan taqdirda, unga o‘rinbosar topishiga ishonmoqda. 

Mutaxassis Luis Suares varintini ko‘rib chiqdi, biroq urugvaylik Turin klubiga o‘tishdan bosh tortgan. Shu sababli, "keksa sinora" bosh murabbiyi hozircha Alvaroni qo‘yib yuborish niyatida emas. 

Qayd etish lozim, Luis ushbu mavsum La Liga doirasida 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!