Madrid klubi murabbiyi kelasi mavsum "Inter"ni boshqarishi mumkin
Keyingi mavsum Italiya ning "Inter" jamoasida Madrid klubi murabbiyi ish boshlashi mumkin. Bu haqida "El Chiringuito" nashri xabar bermoqda.
Manbada yozilgan ma'lumotga ko‘ra, Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone mavsum yakunlangach jamoani tark etib, "Inter"ni boshqarishi kutilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, tomonlar hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Hozirda milanliklarni Kristian Kivaga boshqarmoqda.
Ma'lumot uchun, argentinalik mutaxassis "Atletiko"da 2011 yildan buyon ishlab kelmoqda. Mutaxassis madridliklar bilan ikki marta Ispaniya chempionati va Superkubogida g‘olib chiqqan. Ikki marta Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogida g‘alaba qo‘zongan, ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga erishgan.
Fikrlar