
Madridliklar “Barsa” hujumchisi sotib oladi
“Atletiko” bu mavsumda o‘tgan galgisidek samarali o‘yin ko‘rsata olmayotgan Luis Suares bilan xayrlashishga qaror qildi.
ESPN nashrining xabar berishicha, “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone hujum chizig‘ini ijara asosida “Barselona”da o‘ynayotgan Lyuk de Yong bilan kuchaytirmoqchi.
Ma’lumki, Lyuk De Yong aslida “Sevilya” futbolchisi hisoblanadi. Shuning uchun ham Madrid klubi yozda 31 yoshli hujumchining transfer huquqini andalusiyaliklardan to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda.
Niderlandiyalik hujumchi kelasi mavsum Luis Suares o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi. “Atletiko” bu o‘yinchini olish uchun 5 million evro atrofida xarajat qilishi kerak.
Fikrlar