Madridliklar “Barsa”ni ko‘ndirolmadi

  • 16 yanvar, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Madrid klubi – “Atletiko”dan futbolchi almashtirish bo‘yicha taklif oldi.

Diego Simeone Joau Feliksdan voz kechganidan keyin portugaliyalik yulduz o‘rniga boshqa kuchli forvardga ehtiyoj sezmoqda.

Shu bois madrilliklar kataloniyaliklar hujumchisi Memfis Depayni olib, o‘rniga yarim himoyachi Toma Lemarni “Barselona”ga jo‘natmoqchi edi.

Taniqli jurnalist Jerar Romera “Barselona” prezidenti Joan Laporta madridliklarning bu taklifini qabul qilmaganini bildirdi. Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan futbolchini sotib yuborish orqali transfer qilishni mo‘ljallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!