Madridliklar Italiyadan hujumchi olib keldi
Madridning “Atletiko” klubi rasmiy sayti orqali hujumchi Jonatan Devidni “Yuventus”dan 2026/2027 yilgi mavsum oxiriga qadar ijaraga olganini ma'lum qildi.
Avvalroq jurnalist Fabrizio Romano 26 yoshli hujumchining ijara shartnomasida futbolchini sotib olish opsiyasi borligini xabar qilgan edi.
Devid “Yuventus” tarkibida 2025 yil yozidan buyon harakat qilgan. Shu vaqt davomida kanadalik hujumchi barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Futbolchining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroga baholangan.

Fikrlar