Madridliklar “Liverpul” yulduzini olmoqchi
Madrid superklubi – “Atletiko” yozgi transferlar davrida tarkibdagi ayrim muammoli pozitsiyalarni yopish uchun katta transferlarga qo‘l urishga harakat qilyapti.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Diego Simeone o‘z jamoasida “Liverpul” vakili Endryu Robertsonni ko‘rmoqchi.
“Atletiko” murabbiylari 31 yoshli futbolchi chap qanot himoyasini mustahkamlay olishiga ishonch bildirmoqda.
Angliya chempionlari yaqinda bu pozitsiyaga “Bornmut”dan 21 yoshli Milosh Kerkezni xarid qildi. Biroq liverpulliklar Endryu Robertsonning jamoa uchun ahamiyati juda yuqori baholamoqda. Bu holat transferni qiyinlashtiradi.
Agar Robertsonni olish imkoniyati bo‘lmasa, “Atletiko” bu pozitsiyaga “Milan”da o‘ynayotgan frantsiyalik himoyachi Teo Ernandesni olib kelishga urinib ko‘radi.
Fikrlar