Madridliklar Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibini transfer qildi
Madridning «Atletiko» klubi yangi futbolchiga ega bo‘ldi – jamoa tarkibiga Janubiy Koreya terma jamoasi yarim himoyachisi Li Kan In qo‘shildi.
Madrid klubi 25 yoshli futbolchining PSJdan rasmiy kelib qo‘shilganini e’lon qildi. Tomonlar 2031 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida transfer qiymati 35 million yevro atrofida ekani, yana 5 million yevro miqdorida bonuslar ko‘zda tutilgani xabar qilingan edi. Shu tariqa, shartnoma umumiy qiymati 40 million yevroga yetishi mumkin.
Li Kan In o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida PSJ tarkibida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va jamoadoshlariga 4 ta golli pas yo‘lladi. Mamlakat chempioni va UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Li Kan In Janubiy Koreya terma jamoasining muhim o‘yinchilaridan biri sifatida 2026 yildagi jahon chempionatida ham ishtirok etdi.

Fikrlar