"Mag‘lubiyatli seriyamiz davom etganida ham xuddi shunday tayyorlanganmiz" - Bahrom Haydarov qanday qilib OKMKni taslim qilgani haqida

  • 04.10.2025 00:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Qo‘qon-1912” klubi safarda OKMK jamoasini 0:1 hisobida mag‘lubiyata uchratib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan keyin qo‘qonliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bunday jamoani yutish biz uchun katta sharaf. O‘yin haqida tahlil qilish qiyin. Lekin boshida gol urib olganimiz, chuqur himoyaga o‘tib olganimiz bizga foydaga ishladi. Qarshi hujumlarda harakat qildik. OKMKda to‘p bilan kuchli muomala qiladigan futbolchilari ko‘p. Shundan qo‘rqqandik. Menimcha, maydon holati ularga pand berdi, shekilli. Ular ham tepalatib o‘ynashga o‘tib qolishdi. Chunki bunday maydonda o‘ynash qiyin. Ikkala jamoa xato qilishga qo‘rqdi. Shuni hisobiga gol o‘tkazib yubormadik. Tarkibimizda bo‘yi baland futbolchilar ko‘p va bu ham foyda berdi.

- Jamoangizni hozirgi yaxshi sport formasiga kirib olganini qanday izohlagan bo‘lardingiz?

- Har doim bir xil tayyorgarlik ko‘ramiz. Mag‘lubiyatli seriyamiz davom etganida ham xuddi shunday tayyorlanganmiz. Har bir jamoada bo‘lib turadi. Moliyaviy muammolar ham kuzatilishi mumkin. 4-5 ta o‘yinchimizni jarohat olgani, zaxiramiz keng emasligi, boshida to‘liq tarkib yig‘a olmaganimiz pand berayotgandi. Jamoamizga OKMKdan Datsi bilan Karimov keldi, yaxshi qo‘shilib ketishdi. Gadoev ham ancha ruhiy ustunlik beryapti. Yutqazgan uchrashuvlarimizda futbolchilarni mahoratlari etishmayotgandi. Mana, hozirda Haydarov, Datsi kabilar gol urishyapti. Gadoev golli uzatmalar beryapti. Bularga qarab Anasxon o‘yiniga qo‘shib boryapti. O‘yinchilarda bemalolchilik yo‘q. Raqobat borligi shu narsani yuzaga keltiryapti. Yaxshi o‘yin ko‘rsatayotanimizni sabablaridan biri shu bo‘lsa kerak.

- “Qo‘qon-1912”ni maydon chimi yaxshilanib qolgan. Lekin yomonroq maydonda himoyalanish osonroqmi?

- Albatta, bizga himoyalanish osonroq bo‘ldi. OKMK jarima maydoni atrofida to‘pni yaxshi nazorat qiladi. Ko‘p gollar urdi, qiyin vaziyatlardan chiqib ketdi. Qanotdan to‘p uatishga majbur bo‘lishdi va bu bizga qulaylik yaratdi. Maydon ham bizga yordam berdi, shekilli.

- Ikkinchi davrada “Qo‘qon-1912”ni maqsadi 10 talikka kirish edi. Hozir jamoa shu maqsad bo‘yicha ketyaptimi?

- Har bir o‘yindan oldin futbolchilarga motivatsiya beramiz. 10 talik yoki 12 talik degan narsa yo‘q. Qaysi o‘rinni olishimizni oldindan ayta olmaymiz. Yuqoriroqqa ko‘tarilsak o‘zimizga ham yaxshi. O‘yinchilarni narxi oshadi, klubni obro‘si ham ko‘tariladi. Ligada qolish uchun pley-offga tushmaslikka ilinjida 10 talikka kirishga harakat qilamiz deb aytgandim. Agar shu maqsadga erisha olsak birinchi yil uchun yomon natija bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!