Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan bokschi avtohalokatga uchradi
Birinchi o‘rta vazn (69,9 kg) toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan, avstraliyalik bokschi Nikita Tszyu avtohalokatiga uchradi. Bu haqda sportchining promouterlari ma’lum qilmoqda. Hozircha uning 2025 yildagi janglarda ishtirok etishi so‘roq ostida qolyapti.
“Nikita hafta oxirida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. U ketayotgan mashinaga chorrahada boshqa avtomobil urilgan. Tszyu engil jarohat oldi va hozirda oilasi bilan birga uyida tiklanmoqda,” — dedi Tim Eshvort "BoxingScene" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Nikita Tszyu — 27 yoshda. U sobiq mutlaq jahon chempioni Kostya Tszyuning o‘g‘li bo‘lib, professional ringda 2022 yilda debyut qilgan. Hozirgi kunga qadar u 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Shulardan 9 tasini nokaut bilan yakunlagan.



Fikrlar