Magnus Karlsen bo‘lajak turnir oldidan intervyu berib, Sindarovni tilga oldi
Jahonning eng yaxshi shaxmatchisi, Magnus Karlsen Rapid va Blits musobaqalari oldidan qiziqarli intervyu berdi. U qisqa formatlardagi musobaqalarning tasodifiyligi, yosh shaxmatchilar va ehtimoliy syurprizlar haqida fikr bildirdi.
- Tasavvur qiling, Rapid bo‘limi uchun o‘zingizdan tashqari 3 nafar kuchli shaxmatchini tanlash kerak bo‘lsa, kimlarni tanlardingiz?
“Rostini aytsam, Rapid juda qisqa va tasodifiy format. Shu sababli aniq favoritlarni ajratish juda qiyin. Ayniqsa hozir Hikaru va Alireza ishtirok etmayotgan bir paytda (Alireza biroz avval ishtirok etishini tasdiqladi). Ochig‘i, bu musobaqa deyarli lotereyaga o‘xshaydi. Albatta, o‘zimni hisobga olmaganda.Hattoki o‘zim haqimda aytadigan bo‘lsam, mening ko‘rsatkichim Blitsda yaxshiroq. Chunki raundlar ko‘p bo‘ladi va o‘z kuchingni ko‘rsatish uchun imkoniyatlar ham ko‘proq.”
- Yosh shaxmatchilardan-chi, alohida ajratish kerak bo‘lsa, kim kutilmagan natija ko‘rsatishi mumkin?
“So‘nggi o‘yinlarini hisobga olgan holda Sindarovni tilga olmaslik qiyin. Shuningdek,ehtimoldan uzoq variantdek ko‘rinsa-da, lekin men Gukesh ham yaxshi turnir o‘tkazishi mumkin deb o‘ylayman”
- Agar Blits uchun 3 nafar shaxmatchini tanlash kerak bo‘lsa, kimlar bo‘lardi?
“Blitsda odatda Hikaru va Alireza eng kuchli ikkinchi va uchinchi o‘yinchilar hisoblanadi. Ammo ular yo‘q paytda, 19 raundli turnirda kim ajralib chiqishini aytish juda qiyin. Ochig‘i, aniq favoritlar yo‘q.”
Magnus ehtimoliy syurprizlar bo‘lishi mumkinligi haqida ham qo‘shimcha qildi:
“Dubov favorit bo‘lishi mumkin, agar qatnashayotgan bo‘lsa (*Dubov bor). Uning Blitsda yaxshi natijalari bor. Nihal ham bu safar syurpriz qilishi mumkin — kim bilsin.”
Fikrlar