Magnus Karlsen: "Sindarov yaqqol favorit"

  • 14.09.2026 15:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shaxmat afsonasi Magnus Karlsen "The Prakhar Gupta Xperience x Global Chess League" ko‘rsatuvida kelgusi Jahon chempionligi uchun match va g‘oliblik uchun imkoniyatlar haqida fikr bildirar ekan, hamyurtimiz Javohir Sindarov haqida yuqori baho berdi.

"Sindarov yaqqol favorit... O‘ylashimcha, u g‘alaba qozonadi. U har tomondan yaxshiroq shakllangan.

Shaxmat — bu kuchli psixologik o‘yin, shuning uchun Sindarovning fikrlarida shubha uyg‘otish va Gukeshga ishonch bag‘ishlash uchun ko‘p narsa talab qilinmasligi mumkin.

Agar Sindarov dastlabki bosqichda oldinga chiqib olsa, bu Gukesh uchun juda va juda yomon xabar bo‘ladi. Agar Gukesh boshida oldinga chiqib olsa, u avtomatik ravishda yaqqol favoritga aylanadi. Bunday o‘yinlar shunday kechadi", - dedi dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!