Magomed Ankalaev Aleks Pereyraga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi

  • 30 iyun, 2024, 19:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC’ning rossiyalik taniqli jangchilaridan biri Magomed Ankalaev yarim og‘ir vaznda chempionlik kamarining amaldagi sohibi hisoblangan braziliyalik Aleks Pereyraga murojaat qildi.

Tecno

"Ikki yil oldin Aleks men bilan jang qilishga tayyor emas edi. Mening fikrimcha, hozir Pereyra bilan jang men uchun, men bilan bo‘ladigan jang esa Aleks uchun eng og‘iri bo‘ladi”, — deb yozdi Magomed ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, bugun UFC 303 turniri doirasida Las-Vegasda Aleks Pereyra va Jiri Proxazka o‘rtasidagi revansh jangi ikkinchi raundning boshidayoq braziliyalik jangchining g‘alabasi bilan yakunlandi. U chexiyalik raqibini nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!