Magomed Ankalaev Aleks Perreyraga qarshi jangdan oldin jarohat olganmidi?
Magomed Ankalaevning sekundanti Ramazan Emeev rossiyalik jangchi Braziliya vakili Aleks Perreyraga qarshi chempionlik to‘qnashuvidan oldin qovurg‘asidan jarohati olganini tasdiqladi.
“O‘sha kuni men yo‘q edim. Ankalaev Maxachqalada sparring o‘tkazayotgan payti tizza zarbasini o‘tkazib yuboribdi. Natijada uni qovurg‘asi darz ketgan. Buni tekshiruv chog‘ida aniqladik. Mazkur voqea Aleks bilan bahsdan taxminan bir yarim oy oldin sodir bo‘lgandi”, — dedi Emeev “Ushatayka” You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Magomed Ankalaev "UFC 320" turnirida Aleks Perreyradan 1-raundda nokautga uchragan edi.
Fikrlar