Maguar Amorimni qo‘llab-quvvatladi

  • 27.03.2026 12:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Harri Maguayr "Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi Ruben Amorim haqida fikr bildirdi.

"Men u haqida yomon gap ayta olmayman. Uning oldida ajoyib murabbiylik karerasi borligiga ishonaman va keyingi jamoasida u ko‘plab g‘alabalarga erishadi.

Shunchaki, bizda hammasi o‘xshamadi. Bu yerda futbolchilar ham katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak", — dedi Maguayr.

Ma’lumot uchun, Amorim "Manchester Yunayted"ni 2024 yil noyabridan 2026 yil yanvarigacha boshqargan. Ayni paytda jamoaga vaqtincha Maykl Karrik rahbarlik qilmoqda.

31 turdan so‘ng "qizil iblislar" Angliya Premier-ligasida 55 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!