Maguar: «G‘alaba qozonish uchun jasorat va xotirjamlik zarur»
«Manchester Yunayted» himoyachisi Garri Maguayr Angliya Premier-ligasining 7-turida «Lids»ga qarshi kechgan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.
«Bu hafta taktik sxemani o‘zgartirish ustida ishladik. To‘psiz harakatlanganimizda raqib bilan bir xil sxemada o‘ynashni va faol pressing qilishni istadik. Markazda ustunlikka erishishimiz mumkinligini bilardik, chunki ularning bu hududda atigi ikki nafar futbolchisi bor edi», — deya Maguayrning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.
«Ehtimol, aynan o‘yinning shu qismida ko‘proq ishlashimiz kerak edi. To‘p bilan yanada jasoratliroq harakat qilishimiz va raqib pressingidan ishonchliroq chiqib ketishimiz mumkin edi. Hozir bizga jasorat yetishmayotgan vaziyatga tushib qoldik. Uni qaytarishimiz kerak. G‘alaba qozonish uchun bizga jasorat va hotirjamlik zarur», — dedi himoyachi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» 7 ochko bilan turnir jadvalining 13-pog‘onasidan joy olgan.

Fikrlar