Maguayr Kerrikning qolishiga ishonmoqda
Harri Maguayr "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik kelasi mavsumda ham jamoada qolishi mumkinligini aytdi.
44 yoshli mutaxassis yanvar oyida Ruben Amorim iste’foga chiqarilgandan so‘ng jamoani boshqarishni o‘z qo‘liga olgan edi. OAVda yozilishicha, yozda klub yangi murabbiy tayinlashi mumkin.
"Mavsumni kuchli yakunlashimiz kerak. O‘ylaymanki, u doimiy lavozim uchun nomzodlar qatoriga qo‘shilishi shart va keyin jarayon davom etadi.
Ishonamanki, barchasi to‘g‘ri yo‘l bilan hal bo‘ladi va tanlov juda puxta o‘tkaziladi.
Bu yoz juda muhim bo‘ladi. Jamoaga yordam beradigan yangi futbolchilar kerak, buni hammamiz tushunamiz. Tarkibni kuchaytirish zarur. Murabbiylar shtabida ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi va rahbariyat to‘g‘ri qaror qabul qiladi", — dedi Maguayr.
Fikrlar