
Maguayr "Manchester Yunayted"dan ketishi kerak. Chunki...
“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runining fikricha, Xarri Maguayr mankunianliklar safini tark etishi kerak.
Qo‘shimcha qilamizki, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yaqinda Maguayrni sardorlik bog‘ichidan ham mahrum qildi.
“U qanday qilib qo‘lidagi bog‘ichdan mahrum bo‘lgan klubda o‘ynashda davom etadi? Bu murabbiyning unga mutlaqo ishonmasligidan dalolat beradi.
Ishonchim komilki, Xarri o‘zi uchun, Angliya terma jamoasidagi faoliyati uchun ham uchun ketishni xohlaydi. Hozir uning ketishi uchun eng yaxshi payt bo‘lsa kerak”, - dedi Runi The Athletic nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar