Mahmud Murodov necha kunlik karantinga olindi?

  • 29 oktabr, 2020, 14:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

31 oktyabr kuni Mahmud Murodov "UFC Vegas 12" turnirida okeanorti vakili Kevin Xolland bilan jang qilishi lozim edi. Biroq hamyurtimiz va uning polshalik murabbiyida koronavirus aniqlanganligi sababli, mazkur jang qoldirildi. Bu borada xabar berib ham o‘tgan edik.  

Tecno

Biz ushbu voqelik munosabati bilan Mahmud Murodovning Toshkentdagi mashg‘ulotlariga yaqindan yordam beruvchi "Legion" klubi murabbiyi Jasur Alijonov bilan bog‘landik.

" Afsuski, shunday holat yuzaga kelib, jang qoldirilishiga sabab bo‘ldi. Vaholanki, Mahmud o‘zini yaxshi xis qilmoqda. Endi, 10 kunlik karantinda bo‘ladi. Shundan so‘ng, keyingi rejalarga oydinlik kiritiladi, degan fikrdaman. Shu o‘rinda, unga sog‘lik va salomatlik tilab qolaman",- dedi Alijonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abduvali Rustamov
29/10/2020 18:50
Shifo tilayman