Mahmud Murodov "Oktagon Interim" kamarini qo‘lga kiritdi!
Ayni paytda Chexiyaning Praga shahrida "Oktagon 72" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, ushbu oqshomda hamyurtimiz Mahmud Murodov ham ishtirok etib, mezbonlar vakili Patrik Kintslga qarshi o‘rta vazndagi "Oktagon Interim" kamari uchun oktagonga ko‘tarildi.
Shiddatli va murosasiz o‘tgan bahsda Murodov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi!
Fikrlar