Mahmud Murodov UFC ning 2019 yildagi eng yaxshi jangchilar 10 taligidan o‘rin oldi
Hamyurtimiz UFC jangchisi Mahmud Murodov UFC talqiniga ko‘ra, 2019 yilning eng yaxshi jangchilarining kuchli 10 taligidan o‘rin oldi. Ya’ni, Mahmud 7-o‘rinda qayd etildi.
Xabaringiz bor, yurtdoshimiz ushbu promoushen bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbekistonlik jangchiga aylanib, mamlakatimiz MMA tarixida yangi sahifa ochgan edi. Qolaversa, joriy yilda UFC turnirlari doirasida ikkita jang o‘tkazib, unda ajoyib g‘alabalarga erisha oldi.



Fikrlar