Mahrum etilgan kamar va 100 ming dollar mojarosi: Shakur Stivenson WBC bilan ochiq urushda!
Butunjahon boks kengashi (WBC) amerikalik taniqli bokschi Shakur Stivensonni 61,2 kg vazn toifasidagi chempionlik kamaridan mahrum qildi.
O‘z navbatida Stivenson ham jim qarab turmadi va boshqa vazn toifasida o‘tkazilgan hamyurti Teofimo Lopesga qarshi jang uchun tashkilotga jarima to‘lashdan bosh tortishini aytdi.
"Jin ursin, men sizdan 100 ming dollar qarzmanmi?! Krouford bilan janjallashib qolganingiz uchun menga tashlanyapsizmi?! Bunga loyiq bo‘lmagan qandaydir firibgarlarga 100 ming to‘laymanmi?! Yo‘q, yaxshisi pulni qizimga beraman. WBC, kamaringizni oling !!!" - dedi Stivenson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Fikrlar