Makgregor Shimoliy Irlandiyadagi hujumdan so‘ng immigratsiyani zudlik bilan taqiqlashga chaqirdi

  • 11.06.2026 15:41
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

8 iyun kuni kechqurun Shimoliy Belfast ko‘chalaridan birida erkak mahalliy aholiga pichoql bilan hujum qildi. Gumonlanuvchi uch yil oldin Dublin dan Belfastga kelgan sudanlik 30 yoshli boshpana izlovchidir. U qotillikka suiqasdd qilishda ayblanmoqda. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi. Shundan so‘ng, 9 iyun kuni Belfastda tartibsizliklar boshlandi: yuzlab niqobli odamlar muhojirlar ga tegishli uylar, avtomobillar va do‘konlarga o‘t qo‘ydi.

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida pichoq bilan qilingan hujumdan so‘ng "uchinchi dunyo mamlakatlari"dan immigratsiyani zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

"Uchinchi dunyo davlatlaridan immigratsiyani zudlik bilan taqiqash kerak. Ularga qaerda bo‘lsalar yordam bering. Biz buni ko‘p yillar davomida go‘zal va olijanob tarzda qilganmiz. Ular endi bu yerga kela olmaydi", - deb yozdi Makgregor X ijtimoiy tarmog‘ida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!