Asosiy mazmunga oʻtish

Maks Douman Chempionlar ligasi tarixiga kirdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Bu natijani qayd etish juda qiyin bo‘ladi

16 yoshli "Arsenal" futbolchisi Maks Douman Chempionlar ligasi chorak finalida Lissabonning "Sporting" klubiga qarshi ilk bahsda maydonga tushdi.

Angliyalik futbolchi 76-daqiqada Noni Madueke o‘rniga almashtirildi. M"isterChip" ma’lumotlariga ko‘ra, Douman 16 yosh 97 kunlik bo‘lib, chorak final yoki undan keyingi bosqichda ishtirok etgan eng yosh futbolchi sifatida Chempionlar ligasi tarixiga kirdi.

Shu yil mart oyida Maks Douman Angliya Premier-ligasi tarixida eng yosh gol muallifi bo‘lgan edi.

Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta rahbarligida "Arsenal" Portugaliya poytaxtidagi uchrashuvda minimal hisobda g‘alabaga erishdi, 91-daqiqada Kay Havertsning aniq zarbasi hisobga olindi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q