Maks Xollouey: “Charlz Oliveyra bilan revanshimizni hamma ko‘rishni xohlaydi”
33 yoshli BMF kamari sohibi Maks Xollouey 35 yoshli braziliyalik Charlz Oliveyra bilan revansh o‘tkazishga tayyorligini aytdi.
“Oliveyra bilan revansh — bu men xohlaydigan jang. Bu to‘qnashuvni ko‘rishni ko‘pchilik istaydi. Bizning o‘zaro tariximiz bor. Hozirgi UFC ro‘yxatida BMF kamari uchun munosib raqiblar ko‘p emas, lekin Charlz — o‘sha qisqa ro‘yxatdagi ismlardan biri. U har safar bizning birinchi jangimizni eslasa, mag‘lubiyatini jarohat bilan izohlaydi. Demak, keling, bu masalaga nuqta qo‘yaylik. Oliveyra ilgari buyuk ishlarni qilgan, chempion bo‘lgan. Agar men yana engil vazn top-5 jangchisini mag‘lub qilsam, bu meni chempionlik jangiga yanada yaqinlashtiradi — bu mening asosiy maqsadim”, — dedi amerikalik "Yaxoo Sports" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xollouey va Oliveyra o‘rtasidagi dastlabki qarama-qarshilik 2015 yil 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan va unda Maks 1-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
Fikrlar