Maksim Shatskix: Biz bu erga nima uchun kelganimizni bilamiz

  • 27 noyabr, 2023, 13:53
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Ayn" bilan o‘yindan oldin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix va himoyachi Muhammadqodir Hamraliev matbuot anjumanida qatnashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Maksim Shatskix: - Biz bu erga nima uchun kelganimizni bilamiz. Chempionlar Ligasida hali imkoniyatga egamiz, bundan foydalanishga urinamiz. "Al-Ayn"ni guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritib bo‘lgani bilan tabriklayman. Ular kecha BAA chempionatida ham kuchli raqib ustidan safarda g‘alaba qozonishdi. Mezbonlar bemalol bosimsiz o‘ynashi mumkin, lekin bizda ham shunday holat. Chunki mavsumda oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifani uddaladik - O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘ldik. Tarkibimizda ba’zi yo‘qotishlar mavjud, ammo bemalol o‘z o‘yinimizni namoyish eta olamiz deb o‘ylayman.

Muxlislarga yoqadigan futbol ko‘rsatib, eng muhimi zarur natija - g‘alabani qo‘lga kiritishga intilamiz. Barchasi qanday bo‘lishini ertangi o‘yin ko‘rsatadi.

Muhammadqodir Hamraliev: - Biz mazkur bahsga yaxshi kayfiyatda etib keldik. Juma kuni O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdik. Bu bizga qo‘shimcha ishtiyoq beradi va "Al Ayn"ga qarshi bellashuvda muxlislarimizni g‘alaba bilan xursand etishga bor kuchimizni beramiz. Ichki muhit ajoyib holatda. Imkoniyatimiz bor, bundan foydalanib qolishga intilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ulja Toliyev
27/11/2023 17:18
Чемпион шарманда қилмаса булди
&
Уз мабаел
27/11/2023 16:42
Хомомни пайновида ютасан шарманда булиб кайтиб келасан
Шоим Зарипов
27/11/2023 15:45
Канака мухлис сан Сохтакорчиларга хам мулис борми узи Узбекистон буйича 100 киши бордур иштонингни тулдириб келманглар Узбекистонни шармандалари.
Жабборов Ахмаджон
27/11/2023 15:44
Ишқилиб шерлар ҳеч бўлмаса бир марта шерлик қилсин. Мушукка ўҳшаб миёвлаб келмасин.
&
Сафаров Кахрамонжон
27/11/2023 15:32
Янги эртак бошланибди шекили ковунни зуридан тушириб келасизлар сохта чемпион
&
Ali 00518
27/11/2023 14:05
3:0