Maksim Shatskix: "Transfer oynasi yopilgunicha 2-3 nafar yangi o‘yinchi olamiz"
“Andijon” – “Esxata” (4:2) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvdan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shatskix klub matbuot xizmati savollariga javob qaytardi.
- Maksim Aleksandrovich, o‘yin haqida nima deya olasiz?
- Umuman olganda, yaxshi. Yig‘in davomida yigitlarga yaxshigina jismoniy yuklama bermoqdamiz. Shu sabab birinchi spariing raqib bilan o‘yin normal bo‘ldi. 45 daqiqadan ikkala taymda o‘ynagan futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi.
- Uchrashuvda maydonda harakat qilgan yangi o‘yinchilarning harakatlaridan qoniqdingizmi?
- Bitta o‘yindan keyin fikr aytish qiyin. Hamma yangi o‘yinchilarimiz o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishmoqda, o‘yinlaridan qoniqish hosil qildim.
- Selekiya borasida yana transferlar bo‘ladimi?
- Albatta, tarkibni kuchaytirishda davom etamiz. Bir qancha pozitsiyalarimizni kuchaytirishni talab etmoqda. Transfer oynasi yopilgunga qadar 2-3 nafar yangi o‘yinchi olamiz.
Fikrlar