Maktab jamoalari oʻrtasida Osiyo chempionatiga saralash musobaqasi oʻtkazildi

  • 11.03.2026 15:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

Joriy yilnig, 5–6 mарт kunlari Toshkent shahrida ilk bor maktab jamoalari oʻrtasida Osiyo chempionatiga saralash musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqada yurtimizdagi turli maktablarda tahsil olayotgan jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqada respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan 10 ta maktab jamoasi qatnashdi. Unda davlat va xususiy maktab jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.

Har bir jamoa 5 nafar sportchidan iborat boʻlib, 4 nafar asosiy va 1 nafar zahira ishtirokchidan tashkil topdi.

Musobaqa natijalariga koʻra, Toshkent shahridagi "Wisdom School" jamoasi 1-oʻrinni egalab, joriy yilning 6–11 aprel kunlari Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan maktab jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
11/03/2026 18:59
Канака спорт тури,футболми,унда нега 5 спортчи катнашади дейишяпти тушунмадим.