Malayziyadagi xalqaro turnirda super natijalar qayd etdik!
Malayziyaning Penang shtatida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida “Penang Open International – 2026” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada “Judo Sport Club” qo‘shidagi “Pantera Sport” hamda “Poytaxt” dzyudo klublari sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar.
1-o‘rin sohiblari:
B8 yosh toifasi, 28 kg – Rustamov Azizbek
B11 yosh toifasi, -45 kg – Hamidullaev Umar
B13 yosh toifasi, -30 kg – Murodov Abdulloh
B13 yosh toifasi, -50 kg – Qutbiddinov Muhammadyusuf
B13 yosh toifasi, -55 kg – Shoanvarov Botirboy
B15 yosh toifasi, -45 kg – Abdurahimov Muhammad
2-o‘rin:
B13 yosh toifasi – Karimov Muhammadali
3-o‘rin:
B13 yosh toifasi – Abrasulov Abdulboriy
Sportchilarimizni ushbu ajoyib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!

Fikrlar