Maldini: Bu juda yoqimsiz shamollash! Men ta’mni va hidni bilmayapman

  • 25 mart, 2020, 03:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus kasalligini yuqtirib olgn "Milan" texnik direktori Paolo Maldini jarayon qanday kechayotganini aytib o‘tdi.

Tecno

"Menda hammasi joyida. Eng yomon onlar ortda qoldi. Hozirda, faqat biroz yo‘talim bor xolos.

Men ta’mni va hidni bilmayapman. Umid qilamanki, tez orada barchasi joyiga tushib ketadi.

Koronavirus biroz yoqimsiz shamollashga o‘xshaydi, u oddiy grippga o‘xshamaydi.

Men o‘z tanamni his qilaman, sportchi buni uddasidan chiqadi. Og‘riq esa kuchli tarzda bilinadi.

Ko‘kragingizda qandaydur bosimni his etasiz. Bu yangi virus. Bilmagan dushmanimizga qarshi jang qilyapmiz.

Birinchi alomatlarni payshanba kuni, 5 mart kuni his qilgandim. Mening bo‘g‘imlarimda va mushaklarimda og‘riq bor edi. Isitma harorati 38,5 dan yuqori emasdi. Ertasi kuni, juma kuni mashg‘ulotlarga borishim kerak edi, ammo uyda qoldim. "Jenoa"ga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yubordim. Dori-darmonmi? Faqat taxipirin (Paratsetamolga o‘xshash dori). Men virusga qarshi dorilarni iste’mol qilmadim, chunki, menda nafas olish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmadi.

Men allaqachon ushbu virusni yuqtirganimni bilardim. Men bu oddiy shamollash emasligini his qilgandim. Keyin menda grippni aniqlashdi. Albatta, bunday paytda ko‘proq tashivishlanasiz.

Mening do‘stimni nafas olish qismlarida muammolar bor edi va u Lenyanodagi shifoxonaga yotqizildi.

Uxlay olmaydi, har xil tushlar bezovta qiladi.

Menda kasallikni engish osonroq kechdi. Men 18 kunni oilam bilan o‘tkazdim," - dedi Maldini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!