Mana, olinglar! “Siti” hujumchisini Bundesliga klubiga sotib yubordi

  • 21.07.2026 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” akademiyasida tarbiyalangan  8 yoshli iqtidorli qanot hujumchisi Reygan Heski endi faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradigan boʻldi.

Angliya futbolida nom qozongan mashhur hujuchi Emil Heskining oʻgʻli yozgi transferlar oynasi davrida Germaniyaning “Kёln” klubiga oʻtdi. Bu haqida Germaniya jamoasining rasmiy sayti xabar berdi.

Heski “echkilar” safida 2031 yil yozigacha toʻp suradi. Uning mehnat shartnomasi aynan shu muddatga moʻljallangan.

Xabarlarga koʻra, “Manchester Siti” hali asosiy jamoaga qabul qilinmagan oʻz tarbiyalanuvchisi uchun 2 million yevro oladi.

Oʻtgan mavsumda Heski «shaharliklar» yoshlar jamoasi safida 40 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Angliyalik hujumchi asosiy jamoa safida esa faqat bir marta maydonga tushgan. Bu Angliya Liga kubogidagi «Xaddersfild»ga qarshi bahs boʻlib, u oʻyinning 7 daqiqasida ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
21/07/2026 21:31
8 ёшли болачами