Mana sizga drama! 100 daqiqa davom etgan, 6 ta gol va qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda "Borussiya" ochko yo‘qotdi

  • 15.04.2023 20:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga 28-turidan o‘rin olgan "Shtutgart" - "Borussiya" uchrashuvi yakunlandi. Unda jamoalar 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, "asalarilar" Aller hamda Malen tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda Kulibali hamda Vagnomanning gollari evaziga "Shtutgart" muvozanatni tikladi. 

Asosiy vaqtda qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Reyna dortmundliklarning uchinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu hammas emasdi. 90+7-daqiqada Mvumpa hisob 3:3 ko‘rinishiga kelishini ta’minlab berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!