
Manba: Amorim iste’foga chiqishi mumkin
"Manchester Yunayted"ni APLning 7-turidan o‘rin olgan "Sanderlend"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu o‘yin Ruben Amorim uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda "The Telegraph" nashri.
Mutaxassisning o‘zi o‘yin oldidan tashkil qilingan matbuot anjumanida shunday dedi: "Bu erda hech kim sodda emas. Loyiha davom etishi uchun natijalar yaxshilanishi kerak ekanligini barcha bilib turibdi. Bu juda katta klub, ko‘plab homiylar va ikkita xo‘jayin".
"Qizil iblislar" mavsumni juda yomon boshlashdi, 6 ta o‘yindan ikkitasida g‘alaba qozonildi. Biri "Byornli" bilan so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol urib, biri bir kishi kam bo‘lib harakat qilgan "Chelsi"ni engib, erishildi. So‘nggi turda esa jamoa "Brentford"ga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Amorim "Manchester Yunayted"ga kelganidan keyin 33 ta liga o‘yini o‘tkazib, 34 ochko chamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Uning qo‘l ostida jamoa hali ketma-ket g‘alabani qo‘lga kirita olgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, manchesterliklarni "Sanderlend"dan keyin "Liverpul" va "Brayton" kutib turishibdi.
Fikrlar