La Liganing 32-turidan o‘rin olgan bahsda “Betis” o‘z uyida “Real Madrid”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Mezbonlar javob golini 90+4-daqiqada kiritdi va bu holat muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Archivo VAR”ning ma’lum qilishicha, gol urilgan epizodda Antoni Mendini qo‘lidan ushlab, unga to‘p uchun kurashni davom ettirishga to‘sqinlik qilgan. Ushbu holat qoida buzilishi sifatida baholanishi kerak edi.
Biroq bosh hakam Soto Grado vaziyatni qoidabuzarlik deb topmadi, VAR hakami esa epizodni qayta ko‘rib chiqish uchun aralashmadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda “qaymoqranglilar” 74 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar