Manba: “Bunyodkor” “Zenit” sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi

  • 28 iyul, 2022, 18:59
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z safiga rossiyalik legionerni qo‘shib olishi mumkin. Rossiyaning taniqli “Championat.com” nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Pari NN” sobiq yarim himoyachisi Pavel Mogilevets “qaldirg‘ochlar” bilan shartnoma imzolaydi.

Manbada yozilishicha, 27 yoshli Pavel shartnoma imzolash uchun allaqachon Toshkentga etib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Mogilevets dekabr oyida “Pari NN” (“Nijniy Novgorod”)ni tark etganidan keyin erkin agent maqomida edi.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasidagi sakkizta o‘yinda maydonga tushib, hech qanday harakatlari bilan ajralib turmagan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi faoliyati davomida “Zenit”, “Rostov”, “Rubin” va “Ximki” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!