
Manba: "Humo" xokkey klubi qaytmoqda
Toshkentning "Humo" xokkey klubi yangi mavsum Qozog‘iston ochiq chempionatida ishtirok etadi. Jamoa bahorda Oliy xokkey ligasida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi.
Shayba.kz sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, "qanotlilar" o‘z uy uchrashuvlarini Chimkentda o‘tkazadi. Shuningdek, Olmaota varianti ham ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Qozog‘iston ochiq chempionatida "Humo" farm-klubi bo‘lgan "Humo-2" jamoasi ishtirok etgan va oxirgidan oldingi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.
Fikrlar