Tezkor xabar! "Humo" yangi mavsum VXLda ishtirok etmaydi

  • 17 aprel, 2020, 16:16
  • 0
  • Xokkey
TIGGO 2 PRO

Toshkentning "Humo" klubi 2020-21 yilgi mavsum Oliy Xokkey ligasi (VXL)da ishtirok etmasligini rasman e’lon qildi. Shuningdek, Qozog‘iston ochiq chempionatida ishtirok etuvchi "Humo-2" jamoasi ham yangi mavsum qo‘shnilarimiz chempionatida faoliyat olib bormaydigan bo‘ldi.

"Humo" xokkey klubining rasmiy bayonoti

Ayni vaqtda butun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sinovli damlarni boshdan kechirmoqda. Noqulay vaziyatni tezda bartaraf etish yo‘lida hammamiz davlat va tibbiyotning barcha talablariga rioya qilish juda muhimdir.
Hozirgi kunda, pandemiyaga qarshi kurash choralari munosabati bilan dunyoning deyarli barcha mamlakatlari misli ko‘rilmagan cheklash choralarini ko‘rdilar, chegaralar yopildi va havo, temir yo‘l yoki avtomobil yo‘li orqali transchegaraviy aloqa mavjud emas. Infektsiyaning tarqalish ko‘lamini va yangi koronavirusning inson hayoti va sog‘lig‘iga tahlikasini inobatga olgan holda, mavsum oldidan tayyorgarlikning va VXL muntazam chempionatining boshlanish vaqti to‘g‘risida aniq tushuncha bo‘lmagan sababli, shuningdek, u qay tarzda o‘tkazilishini noaniqligini hisobga olgan holda, klub rahbariyati "Humo" Xokkey Klubi OXL va Qozog‘iston ochiq chempionatlarida 2020-2021 mavsmida ishtirok etmasligiga qaror qildi.

Bizni tushunishingizga umid qilamiz va ishtirok etganlarning barchasiga O‘zbekistondagi xokkeyni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va qisqa tanaffusdan keyin albatta davom etadigan yorqin loyihani amalga oshirganliklari uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Rossiya Xokkey Federatsiyasiga va Oliy Ligasiga alohida tashakkurimizni izhor etamiz.

Har biringiz xokkeyni va albatta "Humo"ni qanchalik sevib qolganingizni tushungan holda, go‘zal xokkey olamiga sizni tezroq qaytarish uchun qolimizdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishga harakat qilamiz.

Barcha xokkey muxlislariga hurmat bilan va sizni yaqinda ko‘rish umidida, "Humo" xokkey klubi.


Eslatib o‘tamiz, "qanotlilar" VXLdagi ilk mavsumdayoq chorak finalga chiqishga erishgan edilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!