Manba: Igor Sergeev Eron klubi bilan kelishuvga erishdi

  • 25.11.2025 14:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev yana legionerga aylanishi mumkin. Futbolchi RPLning "Krilya Sovetov" jamoasi qiziqish bildirgani va futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqidagi xabar bergan edik.

Eronlik jurnalist va sharhlovchi Adel Ferdousipurning ma’lum qilishicha, Tehronning "Persepolis" jamoasi Sergeev bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Bu ma’lumotni Eronning "Football 360 live" nashri ham tasdiqladi. 

Igor ushbu mavsum "Paxtakor" tarkibida umumiy 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi. Shu bilan birgalikda, Superligada mavsum to‘purari bo‘lishga yaqin turibdi. U mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!