Manba: «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Qozog‘iston klubiga o‘tadi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Luish Nani "Aktobe" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi Sports.kz nashri Zidan4eg Live manbasiga tayanib.
Portugaliyalik yarim himoyachi Nani "Aktobe"ga o‘tishga yaqin.
Aytiш joizki, futbolchi bir yil avval professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. U oxirgi bor 2024 yilda maydonga tushgan, — deya yozadi manba.
Nani Portugaliya terma jamoasi safida 112 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol muallifi bo‘lgan. U Yevropa chempionatining oltin va bronza medallari sohibi, Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, «qizil iblislar» safida ko‘p karra Angliya chempioni hamda Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Qayd etish joiz, yaqinда Qozog‘iston klubining egasi sifatida tadbirkor Nurlan Artykbaev qayd etildi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 228 million dollarga baholangan.

Fikrlar